
Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!
Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni va Sizlar orqali oila a’zolaringizni “Sharg’unko’mir” AJ jamoasi nomidan barchamiz uchun ulug’ va aziz ayyom bo’lmish Mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklaymiz. Istardikki, istiqlol nashidasi, bayram sururi Sizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Doimo xonadonimizdan qut-baraka, qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin. Tez va jadal sur’atlarda yangilanib borayotgan serquyosh O’zbekistonimizning buyuk kelajagi yo’lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz samarasi doimo unumli bo’lishiga tilakdoshmiz. Taraqqiyot pillapoyalaridan dadil odimlayotgan yurtimiz istiqboli yanada porloq bo’lsin. Mustaqillik shukuhi hech qachon Sizni tark etmasin. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
Hurmat va ehtirom ila “Sharg’unko’mir” AJ jamoasi nomidan
X.N. Abdullayev