Cancel Preloader

Mustaqilligimizning 29 yilligi hamda “Shaxtyorlar kuni” kasb bayrami…

2020-yil 28-avgust kuni “Sharg’unko’mir” AJda Mustaqilligimizning 29 yilligi hamda “Shaxtyorlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir juda ko’tarinki kayfiyatda, karantin talablariga rioya qilingan holda o’tkazildi. Tadbir davomida “Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Abdullayev Xamza Nayimovich so’zga chiqib, jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan fidoyi, mehnatkash, jonkuyar, vatanparvar ishchi-xodimlarni Mustaqilligimizning 29 yilligi hamda “Shahtyorlar kuni” kasb bayrami bilan tabriklab, ularga mustahkam sog’lik, bukilmas iroda va oilaviy hotirjamlik, xonadonlarga qut-baraka, qalblarda quvonch, omad va muvofaqqiyatlar hamroh bo’lishini Allohdan so’rab, samimiy tilaklarini bildirib o’tdilar.

“Sharg’unko’mir” AJ Kasaba uyushma qo’mitasi raisi
Danayev M.X.

Shuningdek tadbirda, “Sharg’unko’mir” AJ Kasaba uyushma qo’mitasi raisi Danayev Mansur Xamroqulovich, bosh muhandis Surxonov Shavkat Jo’rakulovich hamda ilg’or konchi va turli kasb egalari bo’lgan ishchi-xodimlar so’zga chiqib, tabrik va tilaklar bildirib, yurtimiz hamisha obod, mehnatkash xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo’lishini tilab, barchani bayram bilan tabrikladilar.

Tadbirda yuz nafardan ortiq “Sharg’unko’mir” AJda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan, sohada uzoq yillar davomida mehnat qilib jamoasida hurmatga sazovor bo’lgan eng faol va ilg’or xodimlar “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar, shuningdek “Sharg’unko’mir” AJ ma’muriyati va “Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi bilan birgalikda tayyorlangan qimmatbaho sovg’alar va 1, 2, 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply