Cancel Preloader

Yaxshilik yo’lida…

Kuni kecha “Sharg’unko’mir” AJ rahbariyati va kasaba uyushma qo’mitasi hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-apreldagi  “Koronavirus infeksiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-5978-son Farmoni va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining 2020 yil 15-aprel kunidagi №276-N-sonli buyrug’iga asosan “Sharg’unko’mir” AJ da ko’p yillar ishlab, nafaqaga chiqqan hamda Sharg’un shahridagi yordamga muhtoj pensionerlarni, ishlovchi kam ta’minlanganlarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnatda mayib bo’lganlarga va boquvchisini yo’qotganlarning 55 nafariga manzilli moddiy yordam ko’rsatildi.