Jamiyatning Nizom jamg'armasi

  • Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi.
  • Jamiyat Ustav fondining miqdori 7 029 420 000 (Yetti milliard yigirma to’qqiz million to’rt yuz yigirma ming) so’mni tashkil qilib, har bir aksiyaning nominal qiymati 1000 (bir ming) so’m bo’lgan 7 029 420 (Yetti million yigirma to’qqiz ming to’rt yuz yigirma) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyaga bo’lingan.

  • Bir dona aksiyaning nominal qiymati 1000 (Bir ming)  so’m.
  • Aksiyadorlik jamiyatida chet el investorlari ulushlari mavjud emas.
  • Oxirgi 3 yil davomida  jamiyat tomonidan dvidendlar to’lanmagan
  • Jamiyat aksiyadorlarining 2018 yil yakuni bo’yicha 28.06.2019 yilda o’tkazilgan navbatdagi umumiy yig’ilishida jamiyatning Yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi va Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tuman Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat Xizmatlari” Markazi reestrida 2019 yilning 20 avgustida 117-08 raqam bilan qayta ro’yzxatga olindi.
  • 1) 51 %  – 3 584 854 dona nominal qiymati 1000 (bir ming) so’m bo’lgan oddiy aksiya “O’zbekiston temir yo’llari”AJ ulushi hisoblanadi.
  • 2) 48,86 % – 3 434 580 dona nominal qiymati 1000 (bir ming) so’m bo’lgan oddiy aksiya “O’zbekko’mir” ko’mir qazib olish va sotish aksiyadorlik jamiyatining ulushi hisoblanadi.
  • 3)  0,02 % – 1 151 dona nominal qiymati 1000 (bir ming) so’m bo’lgan oddiy aksiya Sariosiyo tuman “Bozor M” KK-ning ulushi hisoblanadi.
  • 4)  0,13 % – 8 835 dona nominal qiymati 1000 (bir ming) so’m bo’lgan oddiy aksiya “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyatining 222 tadan iborat bo’lgan ishchi va xodimlarining ulushi hisoblanadi.