843 ko'rishlar

“Sharg’unko’mir” Aksiyadorlik Jamiyatining oxirgi uch (3) yilda dividendlar hisoblanishi (hisoblanmaganligi) haqida ma’lumot.

1. 2012 yil natijasi bo’yicha jamiyat tomonidan olingan sof tushum 783 683,0 ming so’mni, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) tannarxi 1 326 008,0 ming so’mni, davr harajatlari 864 664 ming so’m, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 3 808 168,0 ming so’mni, daromad solig’ini to’lagunga qadar olingan sof foyda 2 401 179 ming so’m daromad solig’i 218 123 ming so’m bo’lib foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar esa 174 644 ming so’mni tashkil etgan holda hisobot davrining sof foydasi 2 008 412,0 ming so’mni tashkil etgan.

2012 yilning yakuni bo’yicha 2013 yil 24 iyunda o’tkazilgan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilish qaroriga asosan olingan sof foyda jamiyatda ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilgan.

2. 2013 yil natijasi bo’yicha jamiyat tomonidan olingan sof tushum 3 805 556,0 ming so’mni, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) tannarxi 7 437 478,0 ming so’mni, davr harajatlari 3 631 922,0 ming so’m, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 1 328 297,0 ming so’mni, korxonaning hisobot davridagi zarari 3 460 433,0 ming so’mni tashkil etgan.

3. 2014 yil yakuni bo’yicha jamiyat mahsulot (tovar, ish xizmatlar) sotishdan tushum 13 049 201 ming so’m bo’lib, sotilgan mahsulotlar tannarxi 14 038 711,0 ming so’mni tashkil etgan. Bir tonna ko’mirni ishlab chiqarish tannarxi 117 798 so’mni tashkil etgan, rejaga nisbatan 26 990 so’m oshiq bo’lib, o’tgan yilga nisbattan 142 311 so’m kam harajat qilingan. 2014 yil jamiyatning davr harajatlari 3 249 954,0 ming so’mda bo’lib asosiy faoliyatni boshqa daromadlaridan 4 371 571,0 ming so’m daromad olib jamiyat 2014 yilni 95 237,0 ming so’m sof foyda bilan yakunladi.

Jamiyat aksiyadorlarining 2014 yil yakuni bo’yicha 2015 yil 11 iyunida bo’lib o’tgan navbatdagi umumiy yig’ilishi qaroriga asosan 95 237,0 ming so’m sof foydasi quyidagicha taqsimlandi:

  1. 5% yoki 4761,85 ming so’m – jamiyat zahira fondiga;
  2. 5% yoki 4761,85 ming so’m – jamiyat kuzatuv kengashini mukofotlashga;

3. 90% yoki 85713,3 ming so’m – jamiyatni rivojlantirish fondiga yo’naltirilgan