1-iyunь “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Sharg’unko’mir” AJ ma’muriyati va “Sharg’unko’mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi bilan hamkorlikda Sariosiyo tumani nogironlar jamiyati hisobida turuvchi, ota-onalari “Sharg’unko’mir” AJda ishlayotgan 7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalar holidan xabar olinib, sovg’alar berildi.